04:40 / 24.11.2016
6757

YeChL. D guruhi. «Atletiko» guruh g‘olibligini naqd qildi

Foto: UEFA.com

«Bavariya»ning Rossiyadagi mag‘lubiyatidan keyin Diyego Simeone shogirdlari muddatidan oldin guruhda g‘olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishgandi. «Atletiko» bundan unumli foydalandi.

Niderlandiyaning PSV jamoasini qabul qilgan madridliklar 2:0 hisobida zafar quchdi va bahorgi mavsumda guruh g‘olibi sifatida saralangan savatchasidagi o‘rnini naqd qilib qo‘ydi. «Bavariya» esa ancha yillardan beri birinchi marta 2-o‘rin bilan pley-offda qatnashadigan bo‘ldi.

Guruhda qolgan yagona intriga bu Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash bo‘ladi. «Bavariya» ustidan qozonilgan tarixiy g‘alaba «Rostov»ning imkoniyatlarini oshirdi. 4 ochko jamg‘arib turgan rostovliklar Niderlandiya durang o‘ynay olishsa bahorda boshqa bir yevrokubokda kuchini sinab ko‘rish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Chempionlar ligasi. D guruhi. 5-tur
Atletiko Madrid – PSV Eyndxoven – 2:0
Gollar:
Gameyro, 55 (1:0); Grizmann, 66 (2:0).

Mavzuga oid
Top