08:25 / 24.11.2016
10670

YeChL. Istanbulda 2005 yilgi «triller» takrorlandi

Bundan 11 yil muqaddam Istanbulda kechgan YeChL finali doirasidagi o‘yinda «Milan» va «Liverpul» jamoalari fantastik futbol namoyish etishgandi. Futbol trilleriga aylangan o‘yin ssenariysini uncha-muncha Hollivud filmlarida ham uchratmaysiz.

Taqdir hazilini qarangki, 2016 yilga kelib Istanbuldagi uchrashuvda, finalda bo‘lmasada guruh bosqichidagi uchrashuvda xuddi shunday ssenariy takrorlandi. «Benfika» birinchi bo‘limda uchta to‘p kiritib, jamoasi g‘alabasi uchun juda muhim qadam tashalagandi. Biroq irodali «Beshiktosh» ikkinchi bo‘limda o‘ziga keldi va uchta to‘p farqini yo‘qqa chiqara oldi. Afsuski guruh bosqichida qo‘shimcha bo‘limlar yo‘q. Agar bo‘lganida biz o‘sha 2005 yildagi triller davomini ko‘rgan bo‘larmidik...

Ushbu durang «Beshiktosh» uchun guruh bosqichidagi 4-durangni qayd etdi va ochkolari sonini 7taga yetkazib oldi. «Benfika» hisobida esa 8 ochko mavjud.

Chempionlar ligasi
5-tur

Beshiktosh (Turkiya) – Benfika (Portugaliya) 3:3 (0:3)
Gollar:
 0:1 – 10 Gonsalu Gedesh, 0:2 – 25 Nelson Semedu, 0:3 – 31 Feysa, 1:3 – 58 Tosun, 2:3 – 83, penalti Kuarejma, 3:3 – 89 Abubakar.
Beshiktosh: Fabrisio, Toshich (Nukan, 60), Marselo, Bek, Adriano, Arslan (Inler, 46), Xatchinson, Oz'yakup, Kuarejma, Genyul (Tosun, 46), Abubakar.
Benfika: Ederson, Luizao, Elizeu, Nelson Semedu, Lindelef, Pitstsi, Feysa, Gonsalu Gedesh (Samaris, 75), Salvio, Servi (Rafa Silva, 64), Mitroglu (Ximenes, 86).

 

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top