18:14 / 24.11.2016
3684

Xitoyda davlat boshqarmasi sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun sud oldida javob berdi

Foto: © RIA Novosti

XXRning ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni nazorat qilish bo‘yicha davlat boshqarmasi sobiq rahbari Yan Dunlyan 28,5 million yuan (taxminan 4,13 million AQSh dollari) miqdorida pora olish bo‘yicha sud oldida javob berdi. Bu haqda China News Service agentligi xabar qilgan.

Sud yig‘ilishi Pekinda bo‘lib o‘tdi. Ayblov xulosasi keyinroq ma'lum qilinadi.

XXR Oliy xalq prokuraturasi 2015 yilning noyabrida Yan Dunlyanga nisbatan poraxo‘rlikda gumon qilib, jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.

Ma'lumot uchun, Si Tszinpin XKP MQ bosh kotibi (2012 yilning noyabri) va XXR raisi lavozimlariga (2013 yilning marti) tayinlangach, mamlakatda korrupsiya bilan kurash bo‘yicha keng qamrovli kampaniya boshlandi. O‘tgan vaqt davomida minglab amaldorlar partiya tartib-intizomini buzganlik va korrupsiya uchun jazolandi.

Top