13:53 / 24.11.2016
3673

Xitoyning Ctrip sayyohlik xizmati Skyscanner xizmatini xarid qildi

Foto: RBK

Xitoyning sayyohlik xizmatlarini taklif qiluvchi Ctrip.com sayti aviachiptalarni onlayn qidirish bo‘yicha Skyscanner xizmatini 1,74 mlrd dollar evaziga xarid qildi. Bitim yil oxirigacha to‘liq yakunlanishi kerak, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Skyscanner xizmati arzon aviachiptalarni topish hamda turli sayyohlik saytlaridagi samolyotlar, mehmonxonalar va avtomobillar ijarasi uchun narxlarni solishtirishga imkon beradi. Saytga har oy 60 mlnga yaqin foydalanuvchi kiradi, u dunyoning 30 tilida xizmat ko‘rsatadi. 

Ta'kidlanishicha, Skyscanner xodimlari kompaniyadagi faoliyatini davom ettiradi. 

Top