19:20 / 24.11.2016
5856

Qirg‘izistonda mustaqillik yillarida masjidlar soni 70 baravarga oshdi

Foto: islam.ru

Qirg‘izistonda mustaqillik yillari vaqtida masjidlar soni 70 baravarga oshdi. Bu haqda mamlakat IIV 10-Bosh boshqarmasi xodimi Erlan Bakiyev aytib o‘tdi.
Uning ma'lum qilishicha, sobiq ittifoq davrida Qirg‘izistonda 39ta masjid bo‘lgan. 2000 yilga kelib, ular soni 195taga ko‘paygan. Ayni kunlarda ular miqdori 2743taga yetgan.

Qirg‘iziston IIV xodimi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi aksari masjidlar Qirg‘iziston janubida, ya'ni O‘sh, Jalolobod va Botkent viloyatlarida joylashgan (67,8 foiz).

 

Mavzuga oid
Top