18:30 / 24.11.2016
7074

Klinton tarafdorlari hal qiluvchi shtatlardagi ovozlarni qayta hisoblab ko‘rishmoqchi

Foto: Reuters

Hillari Klinton tarafdorlari uchta “ikkilanib turgan” va o‘ta muhim shtat – Pensilvaniya, Michigan va Viskonsindagi natijalarga e'tiroz bildirishga chaqirmoqda, deb yozadi The New York Times.

Nashrning ta'kidlashicha, so‘nggi kunlarda Demokratik partiyadan nomzodning tarafdorlari texnolog-olimlar va boshqa mutaxassislarning hisobotlarini jiddiy ravishda kuzatib borishmoqda. Ularning fikricha, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsin shtatlarida qog‘oz byulletenlarni qo‘lma-qo‘l hisoblab chiqish lozim. Bu qonunbuzarliklar ro‘y bermaganiga ishonch hosil qilish maqsadida taklif etildi. Ta'kidlanishicha, aynan shu shtatlardagi g‘alaba Trampga Oq uy kalitlarini taqdim etgan.

“Avval o‘tkazilgan so‘rovnomadan farqli ravishda, yakuniy natijaga kiber aralashish sodir bo‘lganmi? Balki, yo‘q”, - ma'lum qildi Aleks Xalderman, Michigan shtati Universiteti kompyuter texnologiyalari professori. Uning ta'kidlashicha, aftidan saylovoldi so‘rovnomalar “tizimli ravishda noto‘g‘ri” bo‘lgan, shu tufayli yakuniy natija saylovchilarni hayratga soldi.

Nashrning yozishicha, ovozlarni qayta hisoblash borasidagi iltimoslarni Klinton shtati qo‘llab-quvvatlamadi. Shtab vakillari boshqa mutaxassislar bilan saylov natijalari bu jarayondan so‘ng o‘zgarishi dargumon, degan fikrda.

Avvalroq, AQSh prezidentligiga “yashillar” partiyasidan nomzod Jill Stayn Viskonsin shtatidagi ovozlarni qayta hisoblash uchun $2,5 mln yiqqani ma'lum qilingandi.

Top