12:49 / 24.11.2016
13924

KVN boshlovchisi Aleksandr Maslyakov 75 yoshda (fotojamlanma)

Yarim asrdan ziyod vaqt avval Quvnoqlar va zukkolar klubiga kelgan Aleksandr Maslyakov bugun, 24 noyabr kuni o‘zining 75 yoshligini nishonlamoqda. U KVNni uzoq yillar davomida xazil sanoatining o‘chog‘i, har qanday shou-biznes uchun ajoyib maydon va shunchaki biznes-imperiyaga aylantirdi. Uning karerasi o‘ziga xos muvaffaqiyat etalonidir - unga na hukumatning Ittifoqdan Rossiyaga almashuvi va na moliyaviy qiyinchiliklar ta'sir o‘tkaza olmadi. Bugungi kunda Maslyakovning o‘z teatri va hattoki ismi sharifidan iborat savdo belgisi ham bor.

Aleksandr Maslyakov «Planety KVN» shtab-kvartirasining ochilishiga bag‘ishlangan konsertda, 2013 yil

Quvnoqlar va zukkolar klubi boshlovchilari Svetlana Jiltsova va Aleksandr Maslyakov, 1971 yil

«Viraj» teledasturi boshlovchisi Aleksandr Maslyakov, 1984 yil

«A nu-ka, devushki!» teleko‘rsatuvi boshlovchisi Aleksandr Maslyakov Novosibirskdagi «Sibir» sport saroyi sahnasida, 1987 yil

Aleksandr Maslyakov «Sibir» sport saroyi sahnasida «A nu-ka, devushki!» teletanlovi g‘oliblari bilan, 1987 yil

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Boris Yeltsin KVNda, 1996 yil

Aleksandr Maslyakov turmush o‘rtog‘i Svetlana va teleboshlovchi Tatyana Lazareva bilan «TEFI-2006» tanlovi g‘oliblarini mukofotlash tadbiri oldidan, 2006 yilning noyabri

Aleksandr Maslyakov KVN yubiley sonining s'yomkalari paytida, 2006 yil 

Konstantin Ernst, Aleksandr Maslyakov va Leonid Parfenov «Zvorykin-Muromets» filmi premerasida, Moskva, 2010 yil

Aleksandr Maslyakov «KiViN-2011» gala-konsertida, Sochi, 2011 yil

Aleksandr Maslyakov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Yantar Xoll» estrada teatrida bo‘lib o‘tgan «Golosyashchiy KiViN» festivali ishtirokchilari bilan uchrashuv chog‘ida, Svetlogorsk, 2015 yil

2016 yilning noyabr oyi

Mavzuga oid
Top