12:09 / 24.11.2016
6582

Smartfonlar uchun soniyali quvvat: AQShda yangi akkumulyator ishlab chiqishdi

Foto: UCF

AQShda Florida Markaziy universitetida (UCF) bir necha soniyada to‘la quvvatlanuvchi akkumulyator ishlab chiqishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

U bergan ma'lumotga ko‘ra, batareya o‘z ish faoliyatini 30 ming sikl quvvatdan so‘ng ham saqlab qoladi.

Superbatareya o‘z elektr quvvatini yuza qismidagi maxsus qoplama yordamida saqlaydi. U odatiy litiy-ionli akkumulyatorlarlar singari kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi.

Superkondensatorli akkumulyatordan ayni damda tijoriy maqsadlarda foydalanib bo‘lmaydi. Nashrning yozishicha, dastlabki natijalar akkumulyatorning yorqin kelajagidan dalolat berib turibdi.

Mavzuga oid
Top