8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

09:01 / 25.11.2016 9180

25 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

24 noyabr tuni va 25 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Tailand o‘zbekistonliklar uchun viza yig‘imini bekor qiladi

22 noyabrda Tailand vazirlar mahkamasi 19 ta davlat, jumladan O‘zbekistondan keluvchi sayyohlar uchun viza yig‘imidan voz kechish va Tailandga kelgach olinadigan viza to‘lovini ikki marotaba kamaytirishga qaror qildi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda 12,9 tonnadan ko‘proq asal olindi

Foto: flickr.com, mbeo

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 11940 ta asalarichilik sub'yekti ro‘yxatdan o‘tgan, asal olish hajmi 12,9 tonnadan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

>>> Batafsil.

Ostona uchun 3 yangi nom: Qozog‘iston poytaxti uchun qanday nomlar taklif etilmoqda?

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston poytaxtini mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlash bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p takliflar berilmoqda.

>>> Batafsil.

Florida osmonida olov shar kuzatildi

AQShning Florida shtati osmonida guvohlar g‘ayritabiiy olov sharni tasvirga olishdi. Voqea 21 noyabr kechki vaqt yuz bergan. Venetsiya shahri aholisi osmonda uchayotgan yorqin jismni payqashgan.  

>>> Batafsil.

Arab mediasi tabiat Isroildan o‘ch olayotganiga ishora qildi

Arab ijtimoiy tarmoqlarida seshanba kunidan beri davom etib kelayotgan Isroildagi yong‘inlar mavzusi keng muhokama qilinmoqda.

>>> Batafsil.

Shayx Mishariy Al-A'fasiy Erdo‘g‘andan norozi bo‘ldi

Quvayt Katta masjidining imomi - shayx Mishariy Al-A'fasiy bir necha soat avval o‘zining tvitterida Isroilda bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirib, Erdo‘g‘anning bu mamlakatga yordam qo‘lini cho‘zganligidan norozi bo‘lgan.

>>> Batafsil.

Iroqdagi AYoQShda sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi

Foto: © RIA

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Bag‘doddan 100 km uzoqlikda joylashgan Xilla shahridagi AYoQShda sodir etilgan terakt qurbonlari soni deyarli 100 kishiga yetdi.

>>> Batafsil.

Xitoyda panda ko‘rinishidagi poyezd ishga tushirildi

Foto: Reuters

Xitoyda antiqa temir yo‘l ishga tushirildi. Nima uchun antiqa deysizmi? Birinchidan, bu temir yo‘l osma monorels (bir izli) ko‘rinishida yaratilgan.

>>> Batafsil.

Rossiyalik yakkakurashchi Aleksandr Yemelyanenko ozodlikka chiqdi

Foto: © RIA

Rossiyaning Voronej viloyatidagi Borisoglebsk axloq-tuzatish koloniyasida jazo o‘tayotgan aralash yakkakurash jangchisi, mashhur jangchi Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko 24 noyabrda ozodlikka chiqdi.

>>> Batafsil.

So‘rovnoma: Tribuna.uz o‘quvchilari YeChL 5-turining eng yaxshi golini aniqlashdi

Foto: UEFA.com

Tribuna.uz sayti Chempionlar ligasining 5-turida kiritilgan eng yaxshi golni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi.

>>> Batafsil.

Top