Bugun, 25 noyabr kuni AQShda “Qora juma” boshlandi. Bu yirik riteylerlar ishtirok etuvchi va har yilgi juda katta chegirmalar beriladigan savdo kunidir. Undan so‘ng “kiberdushanba” kelib, u rojdestvodan avvalgi mahsulotlarni sotib yuborish mavsumini ochib beradi. Bu jarayon Qo‘shma Shtatlardagi yillik chakana savdo hajmining 30-40 foiziga teng.
Shu kunlarda do‘konlar kishilar bilan to‘lib-toshgan. “Qora juma” vasvasasi paytidagi chegirmalar hajmi 90% ga ham yetib boradi.
Ba'zi “ko‘zi och” xaridorlar orasida esa turli kelishmovchiliklar va hattoki mushtlashuvlarning kelib chiqishi odat tusiga kirib qolgan.