18:04 / 25.11.2016
8677

Ota o‘g‘lining sut tishini Audi S5 avtomobili ko‘magida sug‘urib oldi (Video)

Foto: mogaznews.com

YouTube kanalida ota o‘z o‘g‘lining sut tishini juda ham noodatiy tarzda olib tashlagani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Audi S5 ruliga o‘tirgan erkak farzandining tishiga ip bog‘lab, asta-sekin harakat qilishni boshladi.

Qoldirilgan izohlarga ko‘ra, bolakayning o‘zi otasiga shunday iltimos bilan murojaat qilgan. “Mehribon” ota esa o‘g‘lining so‘zini yerda qoldirmadi.

Ro‘y bergan hodisa bolaning onasi tomonidan kameraga olindi. Aftidan, ota-onaning “amaliyot”dan ko‘ngli to‘lgan shekilli, rolik “hazil-mutoyiba” ruknida qo‘yildi.


 

Top