09:43 / 25.11.2016
6047

Yevropa ligasi. «MYu» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Roma» va «Atletik» keyingi bosqichda

Yana sakkizta uchrashuvdan keyin Yevropa ligasining 5-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. E'tiborli uchrashuvlardan birida «MYu» Niderlandiyaning «Feyyenord» jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Mourino shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va so‘nggi tur oldidan jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qildi. So‘nggi turda mankunianlarni Ukrainada durang natija ham qanoatlantiradi. «Fenerbahche» esa «Feyyenord»ga qarshi uchrashuvda ikki to‘p farqi bilan yutqazmasa,pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, Rimning «Roma» jamoasi «Viktoriya» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni egallab pley-offga chiqish masalasini ham hal qildi. Spalletti shogirdlari hisobida 11 ochko mavjud. Ularga muddatidan oldin birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishiga Ruminiyaning «Astra» jamoasi ham ko‘maklashib yubordi. Ruminlar Avstriyadan juda muhim uch ochko bilan qaytishib ochkolari sonini 7taga yetkazib oldi. So‘nggi turda jamoa barcha masalaga oydinlik kiritib olgan «Roma» mag‘lub etilsa jamoa pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Prevyuda aytib o‘tganimizdek «Genk» va «Atletik» jamoalari o‘z uylarida kechadigan uchrashuvda g‘alaba qozonishsa muddatidan oldin yo‘llanmani qo‘lga kiritishardi. Natija ham shunday bo‘lib chiqdi. Ispan jamoasi ham, belgiyaliklar ham 9 ochkodan to‘plab bahorgi mavsumda kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi. «Sassuolo» va «Rapid» (5tadan ochko) uchun esa musobaqa 6-turdan keyin nihoyasiga yetadi 

Yevropa Ligasi
5-tur

Austriya (Avstriya) – Astra (Ruminiya 1:2 (0:0)
Gollar:
 1:0 – 57 Rotpuller, 1:1 – 79 Florya, 1:2 – 88, penalti Budesku.
Chetlatish: Gryunvald (65, Austriya).

Roma (Italiya) – Viktoriya Plzen (Chexiya) 4:1 (1:1)
Gollar: 
1:0 – 11 Djyeko, 1:1 – 18 Zeman, 2:1 – 61 Djyeko, 3:1 – 82 Perotti, 4:1 – 88 Djyeko.
Roma: Alisson, Ryudiger, Emerson, Bruno Peres, Fasio, Strotman (Jyerson, 89), Paredes, Salax (de Rossi, 83), Nainggolan, Iturbe (Perotti, 62), Djyeko.
Viktoriya Plzen: Kozachik, Limberski, Geyda, Mateyu, Kovarjik, Groshovski, Gromada, Kopits (Dyurish, 62), Petrjyela, Zeman, Krmenchik (Bakosh, 75).

Sent-Eten (Fransiya) – Maynts (Germaniya) 0:0
Sent-Eten:
 Ryuffe, Perren, Teofil-Katrin, Pogba, Poloma, Monne-Pake (Norden, 59), Veretu (Lakrua, 90), Seve, Selnes, Tannane, Ru (Pajo, 83).
Maynts: Lessl, Ramalo (Fray, 65), Brosinski, Balogun, Gbamen (Zaydel, 83), Oztunali, Malli, Bussmann (Samperio, 83), Bell, Kordoba, Onisivo.

Olimpiakos (Gretsiya) – Yang Boyz (Shveytsariya) 1:1 (0:0)
Gollar: 
1:0 – 48 Fortunis, 1:1 – 58 Oaro.

Manchester Yunayted (Angliya) – Feyyenoord (Niderlandiya) 4:0 (1:0)
Gollar: 
1:0 – 35 Runi, 2:0 – 69 Mata, 3:0 – 75, avtogol Jons, 4:0 – 90 Lingard.
Manchester Yunayted: Romero, Valensiya, Djons, Shou, Blind, Mata (Reshford, 70), Pogba, Kerrik, Mxitaryan (Lingard, 82), Runi (Depay, 82), Ibragimovich.
Feyyenoord: Jons, Dammers, Nelom, Karsdorp, van der Xeyden, Tornstra (Basadjikoglu, 78), Tapiya, Kyuyt (Bergeys, 61), Trindade, Elia, Yorgensen (Kramer, 73).

Genk (Belgiya) – Rapid (Vena, Avstriya) 1:0 (1:0)
Gol: 
1:0 – 11 Karelis.

Atletik (Ispaniya) – Sassuolo (Italiya) 3:2 (1:1)
Gollar: 
0:1 – 2, avtogol Balensiaga, 1:1 – 10 Raul Garsiya, 2:1 – 58 Aduris, 3:1 – 79 Inigo Lekue, 3:2 – 83 Raguza.
Atletik: Yago Errerin, Yyeray Alvares, Balensiaga, Inigo Lekue, Laport, Raul Garsiya, San Xose, Inyaki Uilyams (Boveda, 62), Benyat, Muniain (Mikel Riko, 72), Aduris (Sabin Merino, 88).
Sassuolo: Konsili, Acherbi, Kannavaro, Gatstsola, Lirola, Pellegrini (Missiroli, 70), Manyanelli, Richchi, Bondini (Matri, 71), Raguza, Defrel (Politano, 77).

Top