18:17 / 25.11.2016
6973

Londonda maktab o‘quvchilari ikkita politsiyachini kaltaklashdi

Foto: Daily Mail

Londonda maktab o‘quvchilari boshlanayotgan mushtlashuvga aralashmoqchi bo‘lgan ikki politsiyachini kaltaklashdi. Voqea videosi YouTube’da joylashtirilgan.

Daily Mail’ning xabar berishicha, hodisa Britaniya poytaxti janubidagi Nyu-Kross tumanida ro‘y berdi. Turli maktablarda tahsil oluvchi ikki qiz o‘z bahslariga mushtlar yordamida aniqlik kiritib olishmoqchi bo‘lishgan. Bu haqdagi e'lon WhatsApp orqali tarqatilib, mushtlashuv boshlanish arafasida u yerga 30 nafar o‘quvchi yetib keldi.

Ko‘chada harakatlanayotgan ikki politsiyachi o‘smirlardan birining qo‘lida pichoqni ko‘rib qolgan. Ular patrul mashinasidan chiqishi bilan bolalarning hujumiga uchrashdi. Erkak politsiyachi yerga yotqizilib, oyoqlar yordamida kaltaklandi. Unga yordam bermoqchi bo‘lgan hamkasbi ham jabrlandi: uning yuziga bir necha marotaba musht tushirishgan. Oxir-oqibat ayol yordamga muhtoj bo‘lib yotgan do‘stini chiqarib olib, qo‘shimcha yordam chaqirganda o‘smirlar qochib qolishdi.


 

Top