17:37 / 25.11.2016
4966

Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyotlar natijasida 70 mingdan ortiq iroqlik qochqinga aylandi

Foto: Reuters

Iroqning Mo‘sul shahrini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri 70 ming nafardan ortiq iroqlik shaharni tashlab ketgan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti rasmiy vakili Joel Millman ma'lum qilgan.

"17 oktabrda harbiy harakatlar boshlanishidan so‘ng, mamlakat hududi bo‘ylab ko‘chganlar soni 73 ming kishiga yetdi", - degan Millman. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir kunda 450 kishi o‘z uylarini tark etgan. Muhojirlarning 98 foizi Naynavo viloyatiga joylashtirilgan. 

Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish amaliyotlarida Iroq hukumat kuchlari, kurdlarning "peshmerga" harbiy bo‘linmalari hamda mahalliy qabilalar tarkibidan ko‘ngillilar ishtirok etmoqda. Ularning hujumiga Iroq HHK va AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi havodan ko‘mak bermoqda. 

Mavzuga oid
Top