14:51 / 25.11.2016
10848

Nazarboyev 2020 yildan so‘ng ham hukumat tepasida qolishi masalasiga oydinlik kiritdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ishi sabab kelayotgan tanqid haqida aytib o‘tdi. Suhbatning bir qismi Akordaning Facebook’dagi sahifasida chop etilgan.

Prezident jurnalistlar 2020 yildan so‘ng ham hukumat tepasida qolishi borasida savol berishga jur'at eta olmayotganliklari borasida hazil bilan javob qaytargan.

“Siz aniq savol bering: 2020 yildan keyin ham qolasanmi? Sizlar esa masalaning atrofida aylanishdan bo‘shamayapsiz”, - deya aytib o‘tgan davlat rahbari.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, asosiysi qancha muddat emas, balki samarali ishlashdir.

“Inson hayoti qancha davom etishini taxmini qilish qiyin. Men ko‘p vaqtdan buyon ishlayman va shu sababdan tanqid qilishmoqda. Asosiy masala sening qanchalik samara berib mehnat qilishingda. O‘z xalqing, davlatingga foyda keltirish yoki keltirmaslik – eng asosiy masala shundadir”, - ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

“Qonunlarimiz va Konstitutsiya haqida gapirganda, ular menga o‘z nomzodimni bundan buyon ham qo‘yish imkonini beradi. Biroq, 2020 yilda nima bo‘lishini men sizlarga ayta olmayman. Bu bir necha omillarga bog‘liq”, - ma'lum qildi prezident.

Mavzuga oid
Top