14:48 / 25.11.2016
3129

Toshkentda MIT.UZ Open Data Challenge 2016 tanlovi boshlandi

24 noyabr kuni Inha universitetida davlat ochiq ma'lumotlari tizimida ilova-dasturlari,  xizmatlar va vizualizatsiya yechimlari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan  MIT.UZ Open Data Challenge 2016 tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Kamolot” YoIH, “Elektronhukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Uzinfokom markazi hamda Inha universiteti hamkorligida o‘tkazilmoqda. 

BePro dasturchilar tayyorlash markazi hamda Nestle kompaniyasining yurtimizdagi bo‘limi tadbir homiylari Nestle sanalishadi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng ishtirokchilar e'lon qilingan nominatsiyalari bo‘yicha 2 guruhga bo‘linishdi. “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” va “Eng yaxshi biznes loyiha” nominatsiyalari g‘oliblari Sarvar Abdullayevning “Ma'lumotlarni Python tilida tahlil va vizualizatsiya qilish ”treningida qatnashishdi. Parallel tarzda “Vizualizatsiya bo‘yicha eng yaxshi yechimlar” ishtirokchilar iuchun ITMO universiteti dotsenti Irina Radchenko ishtirokida seminar uyushtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida “Xakatonni qanday yutib olish mumkin?” taqdimoti orqali Sarvar Abdullayev o‘zi ishtirokidagi xalqaro xakaton tanlovlari tajribasidan kelib chiqqan holda bu kabi tanlovlarning ahamiyati to‘g‘risida gapirar ekan, yoshlarga hakamlar oldida shaxsiy g‘oyalarni qay yo‘sinda taqdim qilish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. 

Hamkorlikdagi seminar-sessiya Irina Rodchinkoning “Ochiq ma'lumotlar va ular bilan ishlash”, Xalqaro tajriba” hamda “Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha Rossiya xakaton tajribasi” mavzusidagi taqdimot bilan davom etdi. 

Shu bilan MIT.UZ Open Data Challenge 2016 xakatonining birinchi kuni yakuniga yetdi.

Kutilayotgan 3 kunlik seminarlardan so‘ng mobil va vebilovalar, infografika, media loyiha va maqolalarning boy omboriga ega bo‘lish mumkin. 

Eng yaxshi loyihalar hakamlar tomonidan baholanib, g‘oliblar o‘z loyihalarining istiqboli uchun moliyaviy va ekspertlar yordamiga ega bo‘lishadi. 

Tadbirning tantanali taqdirlash marosimi 12 dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida tashkil etiladi.

Top