19:24 / 25.11.2016
13113

Yuz yoshga kirgan britaniyalik egizaklar uzoq umr ko‘rish sirlarini oshkor qilishdi

Foto: Twitter .com/@DailyMirror

Britaniyaning Storport-on-Severn shahridagi egizaklar o‘zlarining yuz yoshini nishonlashdi hamda uzoq umr ko‘rish sirlari bilan bo‘lishishdi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.

Iren Kramp va Fillis Jons 25 daqiqalik tafovut bilan dunyoga kelganlar. Kuni kecha o‘z yubileyini nishonlagan ayollar butun umr birga bo‘lganliklarini aytib o‘tishdi. Britaniyaliklar bitta maktabga borib, bir joyda ishlashgan. Endilikda, ularning holidan Jonsning 58-yoshli o‘g‘li xabar olib turadi.

Ta'kidlanishicha, Iren va Fillis Britaniyada o‘zining yuz yoshini qarshi olgan oltita egizak juftdan bittasi. 

 Koray Erol/Caters News)
Top