19:47 / 26.11.2016
12908

Buxoroda firibgar ayollar jinoiy guruhiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Foto: © Getty Images

Melita Amirova, Mavluda Ravshanova va Jumagul Hoshimovalar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) birlashib, jinoiy guruhga asos solishdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Ular Buxoro shahridagi “Karvon” bozorida mato savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro Umida Jahonovaning ishonchini qozonishadi va unga tegishli bo‘lgan 13 mln 557 ming so‘mlik turli mato va gazlamalarning pulini keyinroq berishga va'dalashib olishadi.

Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolganini tushunib yetgan U.Jahonova qonun himoyachilariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Sud tomonidan hukm o‘qilib, Melita Amirova, Mavluda Ravshanova va Jumagul Hoshimovalarning har biriga 6 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Jabrlanuvchi Umida Jahonovaga yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan undiriladigan bo‘ldi.
 

Top