22:07 / 26.11.2016
7183

«Chonbuk Motors» 2-marta OChL g‘olibi bo‘ldi

Bugun Osiyo chempionlar ligasi finalining javob o‘yini o‘tkazildi. 

Unda BAAning «Al-Ayn» klubi Janubiy Koreyaning «Chonbuk Motors» klubini qabul qildi.

O‘yinning 30-daqiqasida Han Kyo Von mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 34 daqiqada Li Myon-Ju javob golini urib, hisobni tenglashtirdi. 

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va dastlabki o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Chonbuk Motors» o‘z tarixida 2-marta Osiyo chempioniga aylandi.

OChL Final, javob o‘yini. 
«Al-Ayn» (BAA) - «Chonbuk Motors» (Janubiy Koreya) - 1:1 (1:1)
Gollar: Li Myon-Ju (34) – Xan Kyo Von (30)
«Al-Ayn»: K.Iso, U.Abdurahmon (S), I.Ahmad, A.Barman, Kayo, F.Fayz, M.Fayz (M.Abduraxmon 71), D.Moreno, M.Salim, Duglas (I.Diaki 78), Li Myon-Ju
«Chonbuk Motors» - Kvon Su Te, Choy Chul Sun, Kim Chang Su, Kim Xyung Il, Li Ji Sun, Leonardo, R.Lopes (Xan Kyo Von 5), Pak Un Jye, Kim Bo Kyon, Li Don Guk (Kim Shin Uk 58), Cho Sung.

Top