12:57 / 26.11.2016
4095

Elchi: Ozarboyjon – O‘zbekistonning Janubiy Kavkazdagi muhim sherigi

Foto: Uzreport

O‘zbekiston Ozarboyjon bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga birinchi darajali ahamiyat qaratib, uni Janubiy Kavkazdagi muhim sherik bilan sifatida ko‘radi, dedi Bokudagi O‘zbekiston elchisi Sherzod Fayziyev “Ravon” brendining yangi avtomobillari taqdimotida. Tadbir juma kuni bo‘lib o‘tgan.

“So‘nggi yillarda biz munosabatlar rivojidagi yangi bosqichga guvoh bo‘ldik. Ular strategik hamkorlik darajasigacha ko‘tarildi”, - dedi Fayziyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, iliq va ishonchli munosabatlarning o‘rnatilishi ozarboyjon va o‘zbek xalqlarining chuqur tarixiy ildizlari, milliy an'analar, til va madaniyatining o‘zaro yaqinligiga asoslangan.

Ozarboyjon Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmi 10,15 million dollarni tashkil etdi. Hisobot davrida Ozarboyjon 7,87 million dollar miqdoridagi o‘zbek mahsulotlarini import qilgan bo‘lsa, O‘zbekistonga umumiy summasi 2,28 million dollarlik tovarlar eksport qilindi.

Mavzuga oid
Top