15:57 / 26.11.2016
5386

Erondagi 45 yo‘lovchi halok bo‘lgan poyezdlar to‘qnashuvidan keyin 3 kishi qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Eron hukumati Semnan provinsiyasida yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashuvidan keyin 3 nafar davlat temir yo‘l kompaniyasi xodimini qo‘lga oldi. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, to‘qnashuv yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. 

Juma kuni Imamshehr shahridagi temir yo‘l stansiyasida mahalliy vaqt bilan soat 7:40da YTH sodir bo‘lgan. Poyezdlardan biri platformada turgan paytda boshqa bir poyezd kelib urilgan. To‘qnashuv natijasida to‘rtta vagon izidan chiqqan. 

Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, harakatlanayotgan poyezdda 400 kishi bo‘lgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, avariya natijasida 45 kishi halok bo‘lgan, 100dan ortiq kishi turli jarohatlar olgan.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qutqarish ishlari qiyin kechdi. 

Mavzuga oid
Top