16:12 / 26.11.2016
17111

Fidel Kastrodan 10ta iqtibos

Foto: © AP

Bugun, 26 noyabr kuni “Ozodlik oroli”- Kuba inqilobi yetakchisi, Fidel Kastro 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Quyida Kastroning eng yodda qolarlik va ichki hissiyotlarini namoyon qiladigan fikrlarini yod olamiz.

 

Kastro o‘zi haqida

"Meni sud qiling! Buning ahamiyati yo‘q! Tarix meni oqlaydi!"
"Agar suiqasdlardan keyin tirik qolish Olimpiada o‘yinlariga kiritilganida, men uning oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lardim".

 

Kurash haqida

"Vatan bizga faxr bilan qarasin. Sharafli o‘limdan qo‘rqmang. Vatan uchun o‘lish– yashash demakdir".
"G‘alaba – bu qat'iyatdir".
"Birovlar uchun kurasha olmaydigan kishi hech qachon o‘zi uchun kurasha olmaydi".

 

Ideallar haqida

"Insoniyat adolatga tashna".
"G‘oyasiz hayot hech narsaga arzimaydi. G‘oyalar uchun kurashdan boshqa katta saodat yo‘q".
"Jangchi halok bo‘lishi mumkin, ammo uning g‘oyalari emas".

 

Zamonaviy dunyo haqida

"Dunyo hozirda o‘zgacha davrga kirdi, endi undan qanday chiqishini kuzatish lozim"
"Zamonaviy muammolarning hech birini kuch bilan hal etib bo‘lmaydi, shu bilan birga mutlaq xavfsizlikni ta'minlay oladigan global qudrat, harbiy kuch, texnologik quvvat mavjud emas".

Mavzuga oid
Top