08:03 / 26.11.2016
6918

Xitoy gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi

Foto: © AFP

Xitoy "havo-havo" sinfidagi gipertovushli raketani otish sinovlarini o‘tkazdi. Bu raketalar 482 km uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila oladi. Sinovlar vaqtida J-16 qiruvchi samolyotidan otilgan gipertovushli raketaning uzunligi 5,8 metrni, diametri esa 33 sm ni tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikricha, bu raketa AQSh va NATO davlatlarida mavjud bo‘lgan bunday sinfdagi raketalarning istalganidan ustunroqdir, deb xabar bermoqda Defense World.

Popular Science nashrining yozishicha, raketa bosib o‘ta oladigan masofaning oshirilishi nishon bu sinfdagi raketadan o‘zib keta olmaydigan, jumladan stels-texnologiyalarga ega tovushdan tez harakatlanuvchi samolyotlar chap bera olmaydigan hududni kattalashtiradi. 

Yangi raketa takomillashtirilgan yo‘ldoshli navigatsiyaga ega. U o‘z nishoniga yaqinlashganda, yon dvigatellari uning harakatchanligini oshiradi.
 

Top