20:08 / 26.11.2016
12497

Kechki dayjest: 26 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 26 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Rustam Azimov transport sohasidagi O‘zbekiston pozitsiyasini ma'lum qildi

Foto: Kun.uz

Ashxabodda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov so‘zga chiqdi.

>>> Batafsil.

Turkmaniston Prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi

Foto: Kun.uz

Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovni qabul qildi.

>>>  Batafsil.

Tramp Oq uydagi o‘zgarishlar haqida e'lon qildi

Foto: © RIA Novosti

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp juma kuni milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchi o‘rinbosari hamda Oq uyning yangi huquqiy maslahatchisi tayinlanishi haqida e'lon qildi.

>>> Batafsil.

OAV: Isroilda yong‘inlarni uyushtirganlar hibsga olindi

Foto: Ariel Schalit/AP

Isroil politsiyasi mamlakatning bir nechta shaharlaridagi turar joy mavzelarida yong‘inlarni uyushtirgan 22 kishini hibsga oldi.

>>> Batafsil.

Nazarboyev: IShIDning Suriya va Iroqdan "siqib chiqarilishi" Markaziy Osiyoga xavf soladi

Foto: TASS

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev IShID jangarilarining Suriya va Iroqdan faol ravishda siqib chiqarilishi vaziyatida Markaziy Osiyo davlatlari tinchligini yo‘qotishi mumkin, deb aytdi.

>>> Batafsil.

“Chegirmalar jumasi” manzaralari

AQShda Shukronalik kunidan so‘ng aksari do‘konlar katta chegirmalar asosida savdo qiladigan kun “Chegirmalar jumasi” kirib keladi. Riteylerlar o‘z mahsulotlarining narxini yarim bahosigacha tushirib yuborishadi, do‘konlar xaridorlar bilan to‘ladi, tirbandlik va shovqin-so‘ron boshlanadi.

>>> Batafsil.

Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro vafot etdi

Foto: © EPA

“Ozodlik oroli”- Kuba inqilobi yetakchisi, Fidel Kastro 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

>>> Batafsil.

Tojikiston prezidentining qizi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: © RIA Novosti

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning uchinchi qizi Ruhshona Rahmonova Tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.

>>> Batafsil.

Lo‘ppi yuzli bolakay yangi internet "yulduzcha"siga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda ajoyib yangi video paydo bo‘ldi. Unda lo‘ppi yuzli, do‘mboq bolakay aks ettirilgan. Bolaning pushtirang quloqli qalpog‘i tasvirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlagan.

>>> Batafsil.

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

Time jurnali e'tirofiga ko‘ra, Barbi qo‘g‘irchoqlaridan Xitoy kosmik laboratoriyasi, shirin kartoshkadan lego-protezlarigacha bo‘lgan joriy yilning eng yaxshi ixtirolarini e'tiboringizga taqdim etamiz.

>>> Batafsil.

Messi sochlarini bo‘yashga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: Twitter/Sporf

“Barselona” va Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi yozda sochini sarg‘ish rangga bo‘yash haqida qaror qilganini xabar berdi.

>>> Batafsil.

«Lokomotiv» O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘llanma oldi (Video)

Foto: Lokomotiv.uz

2016 yilgi O‘zbekiston kubogining finalida ishtirok etadigan ikkinchi jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

>>> Batafsil.

«Barselona»ning 9 yillik «qo‘rqinchli tushi». Haftaning eng muhim 4 uchrashuvi haqida

Foto: Scanpix

 

Dam olish kunlari Yevropada milliy chempionat uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan haftadagi «qaynoq» uik-endni har hafta so‘nggida topish qiyin, biroq bu dam olish kunida bo‘lib o‘tadigan bir qator uchrashuvlar borki, sizni zerikishingizga yo‘l qo‘ymaydi.

>>> Batafsil.

Top