20:44 / 26.11.2016
12946

Konfederatsiyalar kubogi-2017. Rossiya Ronaldu jamoasi bilan bir guruhda

Bugun Rossiyaning Qozon shahrida Konfederatsiyalar kubogi-2017 musobaqasiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi. Marosim «Pervyy» kanali jonli efirida namoyish qilindi.

Qur'a asosida jamoalar ikki guruhga ajratildi va guruhlar shunday ko‘rinish hosil qildi.

Unga ko‘ra mezbon Rossiya Portugaliya terma jamoasi bilan bitta guruhdan joy oldi. Chili, Germaniya va Afrika kubogi g‘olibi esa Osiyo chempioni Avstraliya bilan bitta guruhni tashkil qilishdi.

A guruhi
Rossiya
Yangi Zelandiya
Portugaliya
Meksika

V guruhi
Afrika millatlar kubogi g‘olibi
Chili
Avstraliya
Germaniya

Musobaqa 17 iyundan 2 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Top