15:14 / 26.11.2016
5443

Kuvaytda muddatidan oldin parlament saylovi boshlandi

Foto: © AFP

Kuvaytda 26 noyabr kuni muddatidan oldin parlament saylovi boshlandi. Saylov uchastkalari soat 8:00da ochilgan. Bu haqda KUNA milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Muddatidan oldin saylov o‘tkazish Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as Saboh tomonidan mamlakat parlamentini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, belgilangan. Ekspertlar deputatlar va mamlakat vazirlar mahkamasi o‘rtasidagi mojaroni tushuntirishgan.

Agentlikning xabar berishicha, 50 deputatlik o‘rni uchun 293 nomzod kurash olib boradi. Ular orasidan 14 nafari ayollardir. Qonunga ko‘ra, barcha deputatlar bir mandatli okruglarda saylanishadi. Mamlakatda siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan.
 

Mavzuga oid
Top