14:34 / 26.11.2016
7292

Sankt-Peterburgda o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston vakili finalga chiqdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda

60 kg vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov turkiyalik Nejat Ekinchini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uning finaldagi raqibi AQSh bokschisi Delant Jonson bo‘ladi.

52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Otabek Xolmatov yarim finalda yaponiyalik Xayato Tsutsumiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

56 kg vazndagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop egasi Shunqor Abdurasulov amerikalik Mark Kastroga 0:4 hisobida yutqazdi.

91 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shohruz Rahimov esa rossiyalik raqibi Vladimir Ujunyanga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Top