13:24 / 26.11.2016
13274

Turkmaniston Prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi

Foto: Kun.uz

Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovni qabul qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyatini yanada oshirish, munosabatlarni rag‘batlantirish va gumanitar sohada ham o‘zaro hamkorlik qilish haqida so‘z yuritdi.

Muzokaralar markaziga, shuningdek, transport infratuzilmasini shakllantirish borasida hamkorlikni nazarda tutuvchi fikrlar tashlandi. Ashxabodda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman bu soha kelajagiga tashlangan ilk qadam bo‘lganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, Turkmaniston prezidenti YeXHTning bosh kotibi Lamberto Zanniyerni, Pokiston Islom respublikasi bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifni, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi rahbari Umberto de Prettoni va Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Maminni qabul qildi.

 

Top