21:30 / 26.11.2016
8386

Yunker: Yevroittifoq Turkiyaga "aql o‘rgatishi" shart emas

Foto: AA Photo

Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Yevroittifoq  Turkiyaga "aql o‘rgatishi" shart emasligini ma'lum qildi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi

Yunker shanba kuni Euronews'ga bergan intervyusida "Yevropaning Turkiyaga "aql o‘rgatish"dan tiyilishini istardim", deb aytdi. 

U Anqara qochqinlar inqirozi tufayli muhim hamkor hisoblanishi va Turkiyaning 3 milliondan ortiq qochqinni qabul qilganligini ta'kidlab, Yevropaning bunday yo‘l tutmaganligiga ishora qildi. 

"Turkiya Yevropadan ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda. Shunday ekan, biz bu borada so‘z ochganimizda biroz kamtarroq bo‘lishimiz kerak", - qo‘shimcha qildi u.

Turkiyaning YeIga to‘liq qo‘shilish jarayoni haqida Yunker shunday dedi: "Turkiya YeI a'zosi bo‘lish uchun barcha shartlarni bajarishga tayyormi? O‘ylashimcha, Turkiya bu savolni o‘ziga berib ko‘rmagan". U buni savol sifatida berilmaganini qo‘shimcha qildi. 

Shuningdek Yunker Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni ko‘pdan buyon bilishini aytdi. 

"Men uni so‘nggi 17-18 yildan beri taniyman. Men uni yaxshi bilaman, u ham meni xuddi shunday", - dedi Yunker. 

 

Mavzuga oid
Top