20:33 / 27.11.2016
28085

Hafta hayratlari: Yaguar va timsoh jangi, Kennidi afsonasi, Gibrid alloma, Islomda er-xotin munosabati, Cherkovdagi azon

Illyustrativ surat

Kunlar o‘taveradi, ular oylarga qo‘shilib, yillarni shakllantiradi. Yillar ham Oliy vaqtga qo‘l berib, noma'lum bo‘shliqqa singib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Mana shu jarayonda kimdir bu hayot bilan vidolashdi, yana kimningdir hayotida yangi sahifa ochiladi, insoniyat hayotida o‘yga toldiruvchi ishlar bo‘lib o‘tadi.

AQShdan BAAga ishlash uchun borgan rossiyalik yigitning amirliklardagi hayot haqidagi mushohadalari 

Foto: lenta.ru

Umuman boshqa madaniyatga ega boy mamlakatga pul topish uchun borish jiddiy hayot sinovidir. Begona muhit bosimini hamma ham ko‘tara olmaydi. "Lenta.ru" nashri xorijda yashovchi rossiyalik yigit - Mixailning hikoyasini o‘quvchilar diqqatiga havola qildi.

>>> Batafsil 

631 gramm vazn bilan dunyoga kelgan qizchaning hayoti saqlanib qolindi

Foto: ndtv.com

Atigi 631 gramm vazn bilan muddatidan avval dunyoga kelgan qizcha Abu Dabidagi Medior 24X7 shifoxonasiga yetkazildi.

>>> Batafsil 

Yaguar va timsoh kurashi videosi internetni junbishga keltirdi

Foto: ADVERTISEMENT

Britan telekanallaridan biri yovvoyi tabiat haqida suratga olingan roligi bilan internetni yana junbishga keltirdi. Jahon ahli "Yer sayyorasi 2" hujjatli filmida ilonlardan qochayotgan iguanalar sahnasini muhokama qilishi hali barham topmasdan, hujjatli film tomoshabinlari undagi yana bir sahnadan larzaga keldilar.

>>> Batafsil 

AQShning 35-prezidenti qanday o‘ldirilgan edi?

 AP

Bundan 53 yil muqaddam, 1963 yil 22 noyabr, soat 12:30da Dallasning Elm-strit ko‘chasida AQShning 35-prezidenti Jon Kennediga suiqasd qilingan edi. U prezidentlik kortejida shahar ko‘chalari bo‘ylab sayr qilayotgan chog‘da mergan miltig‘idan aniq nishonga olingan edi.

>>> Batafsil 

AQShda kuniga 1700 nafar yangi millioner paydo bo‘lmoqda

Foto: © Fotolia

Boston Consulting Group ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin yillarda moliyaviy ahvoli million dollardan oshuvchi amerikaliklar soni kuniga o‘rtacha 1700 nafarga o‘sadi. 2020 yilga borib, AQSh millionerlar jamiyati 3,1 million yangi a'zoga ko‘payishi kutilmoqda. 

>>> Batafsil

Forbes: Trampning kuyovi qaynotasiga Oq uyni olib berdi

Foto: © AP Photo/John Minchillo

Donald Trampning kuyovi – 35 yoshli Jared Kushner – Respublikachilar partiyasidan nomzodning AQSh prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishida hal qiluvchi bo‘lmasa-da, yetakchi o‘rin tutgan. 

>>> Batafsil

Ko‘l tubida bir yil yotgan iPhone 4 soz holatda qolgan

Foto: Daniel Kalgren

AQShning Pensilvaniya shtatidan muhandis Deniyel Kelgrin qurib qolgan ko‘l tubidan metall qidirgich yordamida iPhone 4 smartfoni topib olgan. Smartfon loy tagida bir yildan ko‘proq qolganiga qaramasdan, ishchi holatda bo‘lgan.

>>> Batafsil 

Er shiddatli bo‘lsa, ayol uyatli bo‘ladi

Bir kuni qabulimga bir yigit hayajon bilan kirib kelib, mulohazali mavzuni ko‘tarib qoldi. U: “Qori aka, jum'a ma'ruzalarida qizlarning tarbiyasi to‘g‘risida ko‘proq gapirmasangiz bo‘lmaydi...”, deb o‘z e'tirozini bildirdi. 

>>> Batafsil 

Virtual qabulxona haydovchi militsiya xodimini videotasvirga olishi qonunga zid emasligini "tasdiqladi"

Ayrim holatlarda haydovchi va militsiya xodimi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Xo‘sh, bunday holatda o‘z vazifasini ado etayotgan DAN xodimini videotasvirga tushirsa bo‘ladimi? 

>>> Batafsil 

“Gapimga javob bu Ibn Sino” yoxud daftar yuzasidagi gibrid alloma

 

Internet tarmog‘ida ajoyib surat tarqaldi. Unda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maktab daftari, uning ustida ajdodlarimizdan birining surati bor. Yaxshi o‘ylangan, chunki o‘quvchilar shu asnoda o‘z ajdodlari kimlar ekanligini daftarlariga har gal boqqanlarida yodga olishadi.

>>> Batafsil 

Quyoshli batareyalardan iborat yo‘l qoplamasi ishlab chiqildi

Foto: Bloomberg.com

Fransiyaning Bouygues xoldingi bo‘linmasi Wattway 18 g‘ildirakli yuk mashinasining vaznini ko‘tara oluvchi quyoshli batareyalar panelini ishlab chiqdi.

>>> Batafsil 

Arxitektura mo‘'jizasi: dunyo ahlini lol qilgan namunalar. Birinchi qism

Odamlar orasida arxitekturani san'at deguvchilar ham topiladi. Qaysidir jihatdan ularning gapida jon bordek. Bugun dunyoning turli chekkalarida qurilayotgan binolarning o‘ziga xos arxiteturasi fikrimizning yorqin isbotidir.

>>> Batafsil 

Uch arab bolakay mushukning ketidan quvib ajalga yuz tutdi

Foto: gulfnews.com

Hessa, Muhammad, egizaklar Sulton va Xalifa - ularning hammasi 4 yoshda bo‘lib, bolakaylarning ayni o‘ynab-kuladigan, hayotdan zavqlanib yashaydigan payti edi. 

>>> Batafsil

Avtomobil oynasi terlamasin desangiz... nima qilish kerak?

Aksariyat haydovchilar yilning yog‘ingarchilik yoki qish mavsumida havo harorati keskin tushishi natijasida avtomobil oynalari terlashidan ko‘p aziyat chekishi bor narsa. Ko‘rishning cheklangani esa, o‘z navbatida, yo‘l harakatini kuzatishga xalaqit beradi va mashina boshqarish xavfini kuchaytiradi.

>>> Batafsil 

Islomda er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari

Foto: islam-today.ru

Dinimiz Islom ta'limotida oilaviy hayot muqaddas narsa hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining g‘ishti, bir bo‘lagidir.

>>> Batafsil 

Xitoyliklar amerikaliklardan o‘zib ketdilar

Agar siz 71,56 ming dollarga ega bo‘lsangiz, unda o‘zingizni badavlatlik piramidasining eng yuqori cho‘qqisiga qo‘yishingiz mumkin. Agar 744,4 ming dollaringiz bo‘lsa, unda siz juda boy bo‘lganingiz uchun butun dunyoda norozilik uyg‘otuvchi 1 foiz kishilar qatoridasiz.

>>> Batafsil 

G‘azo sektorida bir yurak va bir tana birlashtirib turuvchi siam egizaklari dunyoga keldi

G‘azo sektoridagi falastinlik jarrohlar chorshanba kuni yangi tug‘ilgan siam egizaklar - bir yurak va bir tana bog‘lab turuvchi qizchalarning hayotini hal qiluvchi tibbiy muhokamaga kirishidi. 

>>> Batafsil 

Lo‘ppi yuzli bolakay yangi internet "yulduzcha"siga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda ajoyib yangi video paydo bo‘ldi. Unda lo‘ppi yuzli, do‘mboq bolakay aks ettirilgan. Bolaning pushtirang quloqli qalpog‘i tasvirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlagan.

>>> Batafsil 

Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

Time jurnali e'tirofiga ko‘ra, Barbi qo‘g‘irchoqlaridan Xitoy kosmik laboratoriyasi, shirin kartoshkadan lego-protezlarigacha bo‘lgan joriy yilning eng yaxshi ixtirolarini e'tiboringizga taqdim etamiz.

>>> Batafsil 

Isroildagi cherkov azon aytilishiga qo‘yilgan taqiqqa o‘ziga xos tarzda javob qaytardi

Isroilning azonlarga nisbatan qilgan cheklovi ortidan cherkovlar o‘z noroziliklarini bildirishmoqda.

>>> Batafsil 

Sayyoramizning eng qimmatbaho 12 buyumi

 

Agar ertaga lotereyada yirik miqdordagi pul mukofotni yutib olsangiz, uni nimaga sarflaysiz? Xayolingizga hech bir narsa kelmayotgan bo‘lsa, Trendymen ochiq sotuvdagi quyidagi buyumlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishni tavsiya qiladi.

>>> Batafsil 

Isroil poytaxti aholisi g‘ayrioddiy hodisa guvohi bo‘lishdi

Foto: u-f.ru

Isroil poytaxti Tel-aviv shahri aholisi shahar osmonida ro‘y bergan g‘ayrioddiy hodisa guvohiga aylanishdi.

>>> Batafsil 

Birovga qozi bo‘lma, uni yaxshiliklarga da'vat etguvchi bo‘l

Mashoyixlarimiz aytadi: “Birov-birovni yomonlayapti, o‘sha yomonlayotgan tomonga yomonlanayotgan tomon gapiryapti: “Sen menda nimani ko‘rayotgan bo‘lsang, bilgingki, bu seniki. Men senda nimani ko‘rsam, u meniki bo‘ladi”.

>>> Batafsil 

«Xayrli tong, Halab! Biz hali tirikmiz»: suriyalik qizchaning tarmoqdagi blogi

Foto: Twitter/@AlabedBana

Suriyaning Halab shahrida yashovchi Bana ismli qizcha yarim vayron bo‘lgan va urush girdobida qolgan shahri haqida blog yuritadi.

>>> Batafsil 

Video: Fidel Kastroning omma oldidagi so‘nggi nutqi

2016 yilning 19 aprelida Fidel Kastro Kuba Kommunistik partiyasining 7-s'yezdida, bir yarim ming kishilik auditoriya qarshisida o‘zining omma oldidagi oxirgi nutqini irod qilgandi.

>>> Batafsil

Top