00:51 / 27.11.2016
9181

APL. «Chelsi»ning quruq, «Tottenhem»ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi

Angliya premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi. London derbisi bir qancha buzilmay kelayotgan seriyalarga nuqta qo‘yilishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.

Ketma-ket olti turdan buyon o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmayotgan «Chelsi» bu turda nihoyat gol o‘tkazib yubordi. Mavsum boshidan buyon biror marta mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan «Tottenhem» esa kiritgan golidan keyin ikkita gol o‘tkazib yubordi va dastlabki mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 31taga yetdi va jamoa yana birinchi o‘ringa qaytdi. «Tottenhem» esa 25 ochko bilan beshinchi o‘rinda qoladigan bo‘ldi.

APL
13-tur

Chelsi – Tottenhem 2:1 (1:1)
Gollar:
0:1 – 11 Eriksen, 1:1 – 45 Pedro, 2:1 – 51 Mozes.

Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Ivanovich, 81), Pedro (Oskar, 83), Kante, Azar (Villian, 77), Diyego Kosta.
Tottenhem: Loris, Vimmer, Vertongen, Uoker, Dembele (Yanssen, 83), Dayyer, Eriksen, Vanyama, Alli (Nkudu, 73), Keyn, Son Xyn Min (Uinks, 65).
Ogohlantirishlar: David Luiz (19), Dembele (26), Villian (85).

Top