14:29 / 27.11.2016
9465

Enrike Messi haqidagi xabarlarga keskin munosabat bildirdi

Foto: VVS

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike  jamoa hujumchisi Lionel Messi borasida boshqa mutaxassislar bildirgan fikr uni qiziqtirmasligini aytib o‘tdi.

«Men [Mourino va Gvardiolaning] nima degani haqida eshitganim yo‘q. Bu meni umuman qiziqtirmaydi ham.

Matbuotning Messiga bor e'tiborini qaratganini bilamiz. Leoning ham Kataloniya va «Barselona» uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilamiz.

Klub va Messi o‘zlari uchun to‘g‘ri deb hisoblashsa, sizlarga kerakli xabarni berishiga ishonaman.

Shaxsan men u faoliyatini shu yerda tugatishini istayman», – degan Enrike.

Top