8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

09:44 / 27.11.2016 11539

Fidel Kastroning singlisi uning dafn marosimiga bormasligini ma'lum qildi 

Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning kichik singlisi, hozirda Mayamida yashovchi Xuanita Kastro akasining dafn marosimiga bormasligini ma'lum qildi. "Men Kubaga dafn marosimiga borishim haqidagi nosog‘lom gaplardan keyin aniqlik kiritmoqchiman, men hech qachon orolga qaytmaganman va hozir ham buni qilmoqchi emasman", deb aytgan 84 yoshli Xuanita Kastro El Nuevo Herald nashriga.  

"51 yil avval men vatanlari uchun kurasha olishlari mumkin bo‘lgan joyni izlab Kubadan ketgan barcha kubaliklar kabi Mayamiga badarg‘a bo‘lganman. Men katta haq to‘lashga majbur bo‘lganimga qaramasdan, o‘z fikrimni o‘zgartirmaganman", deb qo‘shimcha qildi ayol.

Shu bilan birga u mafkuraviy kelishmovchiliklarga qaramasdan, akasi vafotini iztirob bilan qabul qilganini aytdi. "Men Fidelning singlisi sifatida, mening akam va opam Ramon va Anxelita vafot etganidek, mening qonim oqayotgan odamni yo‘qotganimdan iztirob chekmoqdaman", deb aytgan Xuanito. Keksa ayol kubaliklar "oxir-oqibat butun xalqni birlashtiradigan yo‘l topa olishlariga" umid bildirdi. 

Xuanita Kastro Kubani 1964 yilda tark etgan. Shundan keyin u Kuba hukumatini bir necha marotaba ommaviy ravishda tanqid qilib kelgan. Keyinroq u 1961 yildan AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilib kelganini tan olgan.

20-asrning eng ahamiyatli shaxslaridan biri bo‘lgan Fidel Kastro 25 noyabrda vafot etdi. Uning vafoti bunday miqyosdagi siyosiy arboblar bilan bo‘ladigandek, ko‘plab bahslarni keltirib chiqardi. Kuba esa bu orada "Fideldan keyingi hayotga" faol tayyorgarchilik ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.

 

Top