15:44 / 27.11.2016
8274

Isroildagi yong‘inlar o‘chirildi

Foto: AFP

Isroil hududidagi barcha yong‘inlar bartaraf etildi. Bu haqda mamlakat o‘t o‘chirish xizmatiga asoslangan holda AFP xabar bergan.

«Olovning faol o‘choqlari qolmadi. O‘tgan tun osuda kechdi», — degan manba.

Tabiiy ofat tufayli o‘n ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Isroil hukumati bu yong‘inlar inson omili bilan ro‘y berganidan gumon qildi. Bu bo‘yicha tergov ishlari doirasida 20 kishi qo‘lga olingan. 

Jerusalem Post xabariga ko‘ra, 1 hafta mobaynida yong‘inlar 750 gektar maydondagi o‘rmonni yo‘q qildi.

Isroilga yong‘inga qarshi kurashda o‘z yordamlarini Rossiya, Gretsiya, Italiya, Xorvatiya, Kipr, Ispaniya, Turkiya va Ozarboyjon kabi davlatlar taklif qilgan.

Mavzuga oid
Top