23:10 / 27.11.2016
11578

Krasnodarda yangi «triller»: «Krasnodar» qo‘shimcha daqiqalarda «Zenit»ga 2ta gol urib, g‘alabaga erishdi

Rossiya chempionatining 15-turida«Krasnodar» «Zenit»ga qarshi o‘ynadi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

«Zenit» 86-daqiqada Artyom Dzyuba urgan gol evaziga g‘alaba bilan qaytishi mumkin edi. Ammo hakam o‘yinga qo‘shib bergan daqiqalar dramatik ruhda kechdi. Avvaliga Marat Izmaylov hisobni tenglashtirdi. O‘yin hakami oxirgi hushtagini chalishi arafasida Tornike Okriashvili fantastik zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu vaziyatda u qaychi uslubida to‘pni darvoza to‘riga joyladi.

«Zenit» endilikda turnir jadvali peshqadami «Spartak»dan 6 ochko ortda qolmoqda. «Krasnodar» uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Krasnodar – Zenit 2:1
Gollar: 0:1 – 86 Dzyuba, 1:1 – 90 Izmaylov, 2:1 – 90 Okriashvili.
Krasnodar – Sinitsin, Grankvist, Naldo, Yendjyeychik, Izmaylov, Gazinskiy (Bistrov, 83), Torbinskiy, Kabore, Laborde (Ahmedov, 58), Joaozino (Okriashvili, 63), Smolov.
Zenit –    Lodigin, Netu, Novoseltsev, Krishito, Vittsel, Jirkov (Chernov, 78), Juliano, Garsiya, Mak (Maurisio, 88), Kokorin (Kerjakov, 84), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Vittsel (45), Laborde (49), Yendjyeychik (75), Garsiya (80), Izmaylov (85), Torbinskiy (90), Dzyuba (90).

Top