22:37 / 27.11.2016
8491

Mourino Pogbaning simulyatsiyasidan keyin tribunaga haydaldi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 13-turida «Vest Hem»ga qarshi kechayotgan uchrashuvning birinchi bo‘limi vaqtida zaxira o‘rindig‘idan haydaldi.

Portugaliyalik mutaxassis o‘z futbolchisi Pol Pogbaga simulyatsiya uchun sariq kartochka berilganida hakamning qaroriga keskin norozilik bildirgach, uning o‘ziga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Mourino o‘z noroziligini zaxiradagi hakamga keskin ruhda bildirdi, shundan so‘ng bu yerga o‘yin bosh hakami Jonatan Moss yetib keldi va murabbiyni tribunaga jo‘natdi.

Top