09:54 / 27.11.2016
6664

Ronaldu 6 yildan beri har yili 50 va undan ortiq gol urmoqda

Madridning «Real» jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatida 6 kalendar yil davomida 50 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchiga aylandi. 

Portugaliyalik hujumchining rekordi «Sporting Xixon» klubiga qarshi La Liga 13-turida qayd etildi. Ronaldu 5-daqiqada penaltidan gol urib, tarixiy natija qayd etdi.

Mazkur o‘yinning 18-daqiqasida 31 yoshli hujumchi o‘z hisobiga ikkinchi yozdirib qo‘ydi. Aynan Ronalduning dubli «Real»ga «Sporting Xixon» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

 

Top