21:31 / 27.11.2016
19612

Shifokorlar sog‘lom turmush tarzi hammaning birdek umrini uzaytirishini aytmoqdalar

Foto: © RIA

Turli vaznga ega odamlarning sog‘lig‘ini o‘rganish bo‘yicha katta ko‘lamli tadqiqot zararli odatlarning yo‘qligi va jismoniy faollik ortiqcha vaznga ega bo‘lganlarning ham, ozishi kerak bo‘lmaganlarning ham o‘lim darajasini birdek kamaytiradi.

The BMJ nashrida chop etilgan tadqiqot kichik miqdorda ortiqcha vaznning mavjudligi o‘lish xavfini oshirmasligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, semiz va oriqlarda agar ular sog‘lom turmush tarziga amal qilsalar: chekmasalar, ichmasalar, muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullansalar va to‘g‘ri ovqatlansalar birdek o‘lim darajasiga ega bo‘ladilar. Biroq semiz insonlar (tana vazni indeksi 30 dan katta bo‘lganlar) turli sabablarga ko‘ra o‘lishning katta xavfiga egalar.

AQSh va Italiya olimlari 32 yoshdan katta bo‘lgan tibbiyot xodimlari – 74582 ayol va 39284 erkak salomatligi haqidagi ma'lumotlarni yig‘ib (1980—2012)  shunday xulosaga keldilar. Olimlar sinaluvchilarni ularning vazni va salomatlik uchun xavfli omillar: spirtli ichimlik ichish, chekish, o‘tirgan holdagi turmush tarzi, nosog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq ravishda guruhlarga bo‘ldilar. Barcha hosil bo‘lgan guruhlarda barcha sabablardan va yurak-tomir kasalliklardan o‘lish hamda alohida saratondan o‘lish qiymati o‘rnatildi.

Aniqlanishicha, o‘lish xavfi tana vazniga bog‘liq emas ekan. Faqatgina juda semiz insonlargina boshqalarga nisbatan ko‘proq saraton va yurak kasalliklaridan vafot etganlar. O‘lishga zararli odatlarning mavjudligi sezilarli ta'sir ko‘rsatgan: ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik xavf katta bo‘lgan. Mos ravishda, eng kam o‘lish darajasi normal vaznga ega bo‘lgan, ichmaydigan, chekmaydigan, muntazam jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanadigan va to‘g‘ri ovqatlanadigan erkak va ayollar guruhlarida kuzatilgan.

Tana vazni indeksi odam vazining uning bo‘yi kvadratiga nisbatini ko‘rsatuvchi miqdordir. Misol uchun 52 kg vazn va 1,65 metr bo‘yga ega bo‘lgan odamning tana vazni indeksi 52/(1,65)2 = 19,1 bo‘ladi. Bu normal vazn hisoblanadi. Tana vazni indeksi 18,5 dan kichik bo‘lsa, bu yetarlicha vaznga ega emaslikdan, 30 dan yuqori bo‘lsa, semizlik mavjudligidan guvohlik beradi. Bu miqdor bo‘y hisobga olinmagandagi vazndan ko‘ra ko‘proq odamning ahvolini yaxshiroq aks ettiradi. Tushunarliki, bo‘ychan odamlar o‘rtacha kattaroq, bo‘yi pastlar esa kamroq vaznga va bir xil vaznga, biroq turli bo‘yga ega bo‘lgan odamlar turli gavda tuzilishiga ega bo‘ladilar.

 

Mavzuga oid
Top