14:43 / 28.11.2016
16027

Yekaterinburgda o‘zbekistonlik o‘n yettinchi qavatdan qulab, halok bo‘ldi

Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilishda 2 kishi o‘n yettinchi qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi.

Mahalliy OAVlari ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa 28 noyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Ishchilar ikkinchi qavatdagi ichki xonalarni ta'mirlash bilan shug‘ullanganlar. 17-chi qavatga esa osma kajava orqali ko‘tarilmoqchi bo‘lishganida, u tushib ketgan.

Ma'lum bo‘lishicha, 1984 va 1978 yillarda tug‘ilgan erkaklardan biri o‘zbekistonlik bo‘lgan. 

Top