10:04 / 28.11.2016
57467

Galustyanning Ramzan Qodirovni taqlid qilib chiqqani internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi (Video)

KVN o‘yinining 27 noyabr kungi translyatsiyasida taniqli shoumen Mixail Galustyan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni parodiya qilib chiqdi. 

Efir yakuniga yetgach, blogerlar bu taqlidga o‘z munosabatlarini bildirishni boshlab yuborishdi. Ba'zilar hazilni noo‘rin va qo‘pol deb tan olishgan bo‘lsa, boshqalar Mixailning aktyorlik mahoratidan lol qolishgani haqida fikr bildirishgan. 

Yana bir foydalanuvchilar guruhi esa shoumenning sog‘lig‘i haqida qayg‘urib fikr bildirishdi.

Top