18:22 / 28.11.2016
6548

Karate-do bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi

Toshkentda an'anaviy karate-do bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, sharq yakkakurashlari va jang san'atlarini rivojlantirish markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda an'anaviy karate-do federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada yuzga yaqin sportchi kata va kumite bo‘yicha bahslashdi.

O‘zbekiston kubogida Otabek Rajabboyev, Azizbek To‘lqinov, Davlatbek Abdulg‘afforov, Shamshodbek Bozorboyev, Jahongir Shodiyev, Gulsinoy Solmonova, Sarvinoz Bozorboyeva, Navro‘za Muhammadrizayeva, Muxlisa Abdufattoyeva, Dilshoda Aliakbarova o‘z yosh toifalarida shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Top