22:36 / 28.11.2016
10788

Kechki dayjest: 28 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 28 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

“Rostselmash” O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning “Rostselmash” korxonasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

>>> Batafsil.

Vladimir Putin O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi

Foto: Sputnik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF hukumatining Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi kelishuvini ma'qulladi.

>>> Batafsil.

Eksklyuziv fotoreportaj: Turkmanistonda Islom Karimov ko‘chasi ochilish arafasida

Foto: Kun.uz

26 noyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahridagi muhtasham anjumanlar saroyida Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanga tashrif buyurgan Kun.uz nashri vakillari Turkmanistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.

>>> Batafsil.

Ijtimoiy tarmoqda «Toshkent Siti» maketi paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan tvitter va feysbukda 2017 yilda Toshkent shahrining «O‘qchi Olmazor» massivida qurilishi boshlanadigan «Toshkent Siti» biznes markazi loyihasi maketi surati paydo bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi ish boshladi

Xalq ta'limi vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko‘rib chiqish, qolaversa, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) ishga tushirildi.

>>> Batafsil.

Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilishi boshlandi

Foto: uz24.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda Toshkent shahrida amalga oshirilajak loyihalar haqida gapirdi.  

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Kuba xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: UzReport.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisi Raul Modesto Kastro Rusga mamlakatni bir necha o‘n yil davomida boshqargan atoqli siyosat va davlat arbobi Fidel Alexandro Kastro Rusning vafoti munosabati bilan Kuba rahbariyati va butun xalqiga samimiy dalda va ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.

>>> Batafsil.

Toshkent shahrida 2022 yilgacha 12ta yangi ko‘prik quriladi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda Toshkent shahrida amalga oshirilajak loyihalar haqida gapirdi.

>>> Batafsil.

Shimoliy Koreyada Fidel Kastroning vafoti sabab uch kunlik motam e'lon qilindi

Foto: © RIA Novosti

KXDRda Fidel Kastroning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e'lon qilindi, deb yozadi Shimoliy Koreyaning "Nodon sinmun" markaziy gazetasi.

>>> Batafsil.

National Interest NATO Kaliningraddan nima uchun qo‘rqishi sababini tushuntirib berdi

Foto: TASS

Rossiyaning mittigina Kaliningrad viloyati NATOning naqd yuragida joylashgan, shuning uchun NATO vakillarini asabiylashishga va o‘zidan taraluvchi xavfdan qo‘rqishga majbur qiladi.  

>>> Batafsil.

Putin Rossiyaning eng yuqori tashkilotlaridagi qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi

Foto: Kommersant

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat rahbari ishlar boshqarmasi, Federal xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qator xodimlarini vazifasidan ozod etdi.

>>> Batafsil.

Vladivostokda o‘zbekistonlik fuqaroning tanasidan uzilgan boshi va bo‘laklangan a'zolari  topildi

Illyustrativ surat

Vladivostok atrofidagi Sputnik bekati yaqinida dahshatli topilma aniqlangan. Xabarlarga ko‘ra, temir yo‘l liniyasida tanasidan uzilgan inson boshi, qo‘l va oyoq qismlari topilgan.  

>>> Batafsil.

Qozog‘istonlik olimlar saratonga qarshi dori o‘ylab topishdi

Foto: islam-today.ru

Qozog‘istonlik olimlar saratonga qarshi dori vositasi sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion preparatni o‘ylab topishdi.

>>> Batafsil.

Kun fotosi: Juliya Roberts «Old Trafford»da

Hollivud aktrisasi Juliya Roberts «Manchester Yunayted» va «Vest Hem» jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish uchun stadionga tushdi.

>>> Batafsil.

Diabetiklarga yordam beruvchi antiqa paypoqlar yaratildi

Foto: techcrunch.com

Tibbiy vositalar ishlab chiqaruvchi Siren Care startapi diabetiklarga (qand kasalligidan aziyat chekuvchilar) tanada yallig‘lanish borligini aniqlash  uchun harorat datchiklaridan foydalanuvchi paypoqlar yaratdi.

>>> Batafsil.

Oliy liga-2017da ishtirok etadigan so‘nggi jamoa nomi ma'lum bo‘ldi

Oliy ligada 15-o‘rinni egallagan Namanganning «Navbahor» va Birinchi ligada 2-o‘rinni egallagan viloyatning yana bir jamoasi «Norin» jamoalir o‘rtasida Oliy liganing 2017 yilgi mavsumida ishtirok etish huquqini beruvchi o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda gimnastika bo‘yicha murabbiylar va hakamlar maktabi tashkil etiladi

Foto: © RIA Novosti

O‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar va o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi Gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMga o‘zgartirildi.

>>> Batafsil.

Top