10:54 / 28.11.2016
7247

Liviya armiyasi qo‘mondoni Moskvaga keldi

Foto: Reuters

Liviya parlamentiga yonbosuvchi Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni feldmarshal Xalifa Xaftar 27 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Bu haqda Liviya milliy armiyasi qo‘mondonligi matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda. Uning Rossiyaga tashrifidan ko‘zlagan maqsadiga oydinlik kiritilmagan. 

Ta'kidlanishicha, bu Xaftarning Rossiyaga amalga oshirgan joriy yildagi ikkinchi tashrifidir. Iyun oyida u Moskvada mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan uchrashgan edi.

28 sentabrda «Izvestiya» nashri diplomatik manbalariga asoslangan holda yozishicha, Xaftar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoyguga murojaat qilib, qurol-yarog‘lar yetkazib berishni va Liviyada ham Suriyadagi kabi terrorchilarga qarshi kurashni boshlashni so‘ragan. 
 

Mavzuga oid
Top