21:44 / 28.11.2016
3713

MSK raisi Rossiya OAV vakillari bilan uchrashdi

Telegram.me

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida 2016 yil 28 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylovni yoritish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi jurnalistlarni saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida Prezidentlik instituti asosiy o‘rin tutishi alohida ta'kidlandi. Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilganidek, Prezident davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

Saylov kampaniyasi e'lon qilinganidan boshlab shu kunga qadar mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida 15 ming 845 ta material e'lon qilindi.
Tadbirda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

Top