AQShning San-Frantsisko shahrida Shukronalik kunidan keyingi dam olish kunlari shahar metrosi noma'lum xakerlar tufayli bepul xizmat ko‘rsatdi. Bunga Motherboard nashri e'tibor qaratdi.
Xakerlar hujumlarini metroga chiptalar sotuvchi avtomatlar hamda stansiyalar xodimlari shaxsiy kompyuterlariga qaratishgan. Yo‘lovchilarning elektron tizimlar bilan aloqa qilishlarini minimallashtirish uchun shahar ma'muriyati metroga kiraverishdagi turniketlarni ochib, metroga kirishni bepul qilishga qaror qilgan.