22:18 / 28.11.2016
32206

Saudiya Arabistonida sovuq tushib, qor yog‘di

Shu kunlarda Saudiya Arabistoni yarim orolining markaziy va shimoliy qismida harorat keskin sovidi. "Al-Arabiya" telekanali xabar berishicha, ayni vaqtda sariq barxanlar oqargan - bu yerlarga qor yog‘di.

Mamlakatning markaziy qismidagi cho‘llar orasidagi Shakra va shimoli-g‘arbdagi Tabuk shaharlariga ayniqsa ko‘p qor yoqqan. Tabarjal (El-Jauf viloyati) shahrida esa harorat Tselsiy shkalasi bo‘yicha 3 daraja sovuq, Iordaniya bilan chegara hududda joylashgan El-Kuryat shahrida esa harorat Tselsiy shkalasi bo‘yicha -1.

Hozirda qirollikning ko‘plab tumanlarida yomg‘irlar mavsumi davom etmoqda. Saudiya Arabistoni sharqida kuchli shamollar bo‘lmoqda. Dammam, Daxran, Xobar va Katif shaharlari hukumatlari kuchli tabiiy ofatlarga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Top