21:33 / 28.11.2016
6161

Toshkentda avtobuslar harakat vaqtini onlayn ko‘rsatib turuvchi tablolar o‘rnatilmoqda

Toshkentdagi bekatlarga shahar yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning kelish vaqtini onlayn ko‘rsatib turuvchi tablolar o‘rnatilmoqda. Bu haqda «Sog‘inch sadosi» Instagram’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

Sahifada qo‘shimcha qilinishicha, ekranda yaqin ikki kunlik ob-havo ma'lumoti ham berib boriladi.

Suratdagi tablo poytaxtning 6-tug‘uruqxonasi oldida o‘rnatilgani ekrandagi yozuv orqali ayon bo‘lgan.

 

Top