17:20 / 28.11.2016
11872

Tojikistonda ommaviy ravishda fuqarolarning barmoq izlari olinmoqda

Foto: lostmind.ru

Tojikistonlik huquqshunoslar respublika aholisining barmoq izlarini olish borasida fuqarolar huquq va erkinliklari poymol etilgani yo‘q. 

«Tojikiston IIV tomonidan barmoq izlarini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘ngilli hisoblanadi. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzmaydi», - degan Tojikiston parlamenti quyi palatasi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi rahbari, yuridik fanlari doktori Jo‘raxon Majidzoda «AP» nashriga bergan intervyusida

Uning ishonch bildirishicha, mazkur choralar huquq-tartibot idoralarining tergov bo‘limlariga, jinoyatlarni fosh etish, jumladan jasadlar shaxsini tanish, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash, jinoyatlarga aloqador kishilarni topishda yordam beradi. 

«AQSh vizasini olayotgan kishilarning ham barmoq izlari olinadi, ammo hech kim fuqarolar huquqi poymol qilinayotgani haqida so‘z yuritmaydi-ku, axir», - deb ta'kidlagan deputat. 

Uning fikricha, bugungi kunda dunyo xalqaro terrorizmning jiddiy qarshiligiga duch kelayotgan ekan, barmoq izlari olish amaliyoti aslida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan.

Hozirda, ushbu amaliyot respublikaning Hisor, Ro‘dakiy va Vahdat tumanlarida o‘tkazilmoqda. Bunda fuqarolar 4 somoniy to‘lashi kerak bo‘ladi, barmoq izi olingani haqida ma'lumotnoma olish uchun bir somoniyning bahridan o‘tish talab etiladi. 

Top