17:52 / 29.11.2016
4209

Boliviya futbol federatsiyasi prezidenti qo‘lga olindi

Qalloblikda gumonlanayotgan Boliviya futbol federatsiyasi prezidenti Rolando Lopes hibsga olindi. Bu haqda La Razon nashri xabar berdi.

Rolando Lopesga San-Simon universitetida ma'ruza o‘qigani uchun iyun oyiga maosh berilgan. Ammo o‘sha vaqtda u Boliviya termasi bilan AQShda, Amerika Kubogi–2016 turnirida bo‘lgan.

Rolando Lopes hujjatlarni qalbakilashtirish va o‘z vazifasini bajarmaslik yuzasidan ayblanmoqda.

Bundan oldinroq Boliviya terma jamoasiga Peru va Chiliga qarshi o‘yinlarda boliviyaliklar safida o‘ynash huquqiga ega bo‘lmagan himoyachi Nelson Kabreraning ishtirok etgani yuzasidan texnik mag‘lubiyat yozgandi.

Boliviya futbol federatsiyasi FIFA qaroriga shikoyat yo‘llagan.

Yaqin vaqt ichida Lopes apellyatsiya bo‘yicha tinglovda ishtirok etish uchun Urugvayga olib boriladi.

Top