22:48 / 29.11.2016
6556

Braziliya chempioni keyingi uchrashuvida «Shapekoense» libosida maydonga tushmoqchi

Braziliyada muddatidan avval mavsum chempionligini rasmiylashtirgan «Palmeyras» jamoasi keyingi uchrashuvini «Shapekoense» jamoasi futbolkalarida o‘tkazmoqchi. Bu haqda ESPN xabar tarqatdi.

Portal ma'lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati Braziliya futbol konfederatsiyasidan chempionatning keyingi turida «Vitoriya»ga qarshi kechadigan uchrashuvda «Shapekoense» jamoasi futbolkalarida o‘ynash uchun ruxsat so‘ragan.

Qayd etish kerakki, «Palmeyras» bilan chempionatning 37-turi doirasida kechgan bahs «Shapekoense» uchun Braziliya chempionatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lib qoldi.

«Palmeyras» jamoasi rasmiy saytida aytilishicha, Braziliyadagi klublar «Shapekoense»ga 2017 yilgi mavsum uchun futbolchilarning tekinga transfer qilinishiga imkon berilishini so‘ramoqda. Shuningdek, jamoa keyingi 3 mavsumda oxirgi o‘rinlarni egallagan taqdirda ham, ligani tark etmasligi ta'minlanishi so‘ralgan.

Top